Blog

SlidesGo.uz nima va u qanday ishlaydi?

SlidesGo — Telegramdagi sun'iy intellektli hujjat generatori. Mavzuni yozasiz, bot esa bir necha daqiqada tayyor prezentatsiya, referat, kurs ishi yoki testni yuboradi. Bu maqolada u nima qila olishi, qanday boshlash va to'lov qanday ishlashini qisqa tushuntiramiz.

SlidesGo.uz nima?

SlidesGo.uz — botning rasmiy sayti, bot esa Telegramda @slidesgobot nomi bilan ishlaydi. Alohida dastur o'rnatish yoki ro'yxatdan o'tish shart emas: botni ochib, /start bosasiz — hisobingiz avtomatik yaratiladi.

Sayt botni tanishtiradi, qo'llanmalar, to'lov va maxfiylik shartlarini beradi. Hujjatlarning o'zi esa to'g'ridan-to'g'ri Telegramda yaratiladi.

SlidesGo botining bosh menyusi: Taqdimot, Hujjatlar, Tahrirlash, Tarix, Balans, Yordam tugmalari
Botning bosh menyusi

Nimalar yaratish mumkin?

Sakkiz turdagi hujjat. Har biri topshirishga tayyor formatda keladi:

Prezentatsiya bosh menyudagi 🖼 Taqdimot tugmasi orqali yaratiladi, qolgan hujjatlar esa 📄 Hujjatlar bo'limida.

Hujjatlar bo'limi: Interaktiv Quiz, Referat, Test, Kurs ishi, Krossvord, Mustaqil ish, Annotatsiya
Hujjatlar bo'limi

Qanday ishlaydi?

  1. Botni oching va /start bosing.
  2. Hujjat turini tanlang va mavzuni yozing.
  3. Til, hajm va dizaynni belgilang.
  4. Odatda 1–5 daqiqada tayyor fayl chatga keladi.

Prezentatsiyani bosqichma-bosqich ko'rsatuvchi qo'llanma: Telegramda prezentatsiya qanday yaratiladi.

Narx va to'lov

Obuna yo'q. Balansni to'ldirasiz, pul esa faqat hujjat muvaffaqiyatli yaratilgandan keyin yechiladi — xatolik bo'lsa, hech narsa yechilmaydi. Yangi foydalanuvchilarga boshlang'ich bonus beriladi.

Balansni bank kartasi orqali (o'tkazmadan so'ng chek rasmini yuborasiz), Click, Payme yoki Telegram Stars bilan to'ldirish mumkin. Joriy narxlar botdagi /help buyrug'ida ko'rsatilgan. Qadamma-qadam: Balansni qanday to'ldirish.

Botdagi /help xabari: hujjat narxlari va buyruqlar
Narxlar /help buyrug'ida

Batafsil: To'lov va qaytarish shartlari.

Tillar

Hujjatlarni o'zbek, rus, ingliz, qirg'iz, qozoq va nemis tillarida yaratish mumkin. Bot interfeysi o'zbek, rus va ingliz tillarida — tilni /language buyrug'i bilan almashtirasiz.

Yana nimalar bor?

Natijani tekshiring

Hujjatlarni sun'iy intellekt yaratadi. Topshirishdan oldin asosiy ma'lumotlarni — nomlar, sanalar va raqamlarni — tekshirib chiqing.