Telegramda prezentatsiya yaratish: bosqichma-bosqich
SlidesGo botida prezentatsiya yaratish bir necha oddiy qadamdan iborat: mavzuni yozasiz, sozlamalarni tanlaysiz, rasmlarni belgilaysiz va tayyor PPTX faylni olasiz. Quyida har bir qadam skrinshotlar bilan ko'rsatilgan.
Video qo'llanma: botda taqdimot yaratish
Boshlashdan oldin
- Faqat Telegram va @slidesgobot kerak — boshqa dastur shart emas.
- Balansda taqdimot narxiga yetarli mablag' bo'lishi kerak. Yangi foydalanuvchilarga boshlang'ich bonus beriladi, joriy narx esa botdagi /help buyrug'ida. Mablag' yetmasa, bot balansni to'ldirish tugmasini ko'rsatadi.
1-qadam. Taqdimot tugmasini bosing
Botda /start bosing — pastda bosh menyu paydo bo'ladi.
Taqdimot tugmasini bosing.

Taqdimot»Bot mavzuni so'raydi va
Mini App tugmasini ko'rsatadi. Eng qulay yo'l — shu tugma: hamma ma'lumot bitta ekranda to'ldiriladi.

Mini App» tugmasi2-qadam. Mini Appda ma'lumotlarni to'ldiring
- Mavzu — 8 tadan 600 tagacha belgi. Aniq yozilgan mavzu yaxshiroq natija beradi: «Ekologiya» o'rniga «O'zbekistonda suv resurslaridan oqilona foydalanish».
- Muallif — Telegramdagi ismingiz avtomatik yoziladi, xohlasangiz o'zgartiring.
- Slaydlar soni — 3 dan 15 gacha. Bunga sarlavha, mundarija va «Rahmat» slaydlari qo'shilmaydi: ularni bot o'zi qo'shadi (+3).
- Til — taqdimot matni tili: o'zbek, rus, ingliz, qirg'iz, qozoq yoki nemis.
- Dizayn — 30 ta tayyor dizayn, yon tomonga surib tanlanadi.
Hammasi tayyor bo'lsa, pastdagi Tayyor tugmasini bosing.

O'z fon rasmingizni Mini Appda tanlab bo'lmaydi. Maxsus fon yoki manba fayl (PDF, Word, TXT) kerak bo'lsa, Mini Appni yopib, mavzuni oddiy xabar sifatida yozing — bot qolgan qadamlarni chatda so'raydi.
Chatda yaratish (Mini Appsiz)
Mavzuni oddiy xabar sifatida yozsangiz, bot savollarni ketma-ket beradi:
- Mavzu — 8 tadan 600 tagacha belgi.
- Manba material — PDF, Word (.docx) yoki .txt fayl yuborsangiz, slaydlar shu materialga asoslanadi. Kerak bo'lmasa,
O'tkazib yuborish ni bosing. Katta fayllardan faqat boshlang'ich qismi (taxminan 8000 belgi) olinadi. - Muallif — tugmada ismingiz turadi, bosish kifoya.
- Slaydlar soni — 3 dan 15 gacha raqam yozing.
- Til — tugmalardan birini tanlang.
- Fon — 1 dan 30 gacha raqamli dizayn yoki Shaxsiy Fon (o'z rasmingizni yuborasiz, so'ng matn rangi — qora yoki oq — tanlanadi).
3-qadam. Matn tayyorlanishini kuting
Bot taqdimot matnini yaratadi va taxminiy qolgan vaqtni ko'rsatib turadi. Bu vaqtda botni yopmang — natija shu chatga keladi.

4-qadam. Rasmlarni qo'shing (ixtiyoriy)
Matn tayyor bo'lgach, bot
Rasmlar bilan ishlash ekranini ochadi — har bir slayd uchun tugma bor. Rasm kerak bo'lmasa, to'g'ridan-to'g'ri
tugmasini bosing.
- Slide 1, Slide 2… — slaydni bosib, o'z rasmingizni yuborasiz. Rasmli slaydda
belgisi paydo bo'ladi.
AUTO — bot slayd mavzusi bo'yicha rasmni o'zi topadi. Kerakli slaydlarni belgilaysiz (
), qayta bossangiz belgi o'chadi,
bilan orqaga qaytasiz. Bitta taqdimot uchun ko'pi bilan 5 ta slayd.
Avtomatik qidiruv vaqtincha o'chirilgan bo'lishi mumkin — unda rasmlarni o'zingiz yuboring.

Tanlab bo'lgach, pastdagi
tugmasini bosing.
5-qadam. Tayyor faylni oling
Bot PPTX faylni yuboradi. Pul faqat fayl muvaffaqiyatli yaratilgandan keyin yechiladi — yechilgan summa chatda ko'rsatiladi. Faylni PowerPoint, Google Slides yoki Keynote'da ochishingiz mumkin.

Taqdimotni sun'iy intellekt yaratadi. Topshirishdan oldin nomlar, sanalar va raqamlarni tekshirib chiqing.
Taqdimotni keyin tahrirlash
Natija to'liq yoqmasa, qaytadan yaratish shart emas. Fayl ostidagi Tahrirlash tugmasi yoki bosh menyudagi
Tahrirlash orqali sarlavha, muallif, dizayn, slayd matni va rasmlarni o'zgartiring. Tahrirlash bepul, yangilangan fayl chatga qayta yuboriladi. Barcha taqdimotlaringiz
Tarix bo'limida saqlanadi.
Yaxshi natija uchun maslahatlar
- Mavzuni aniq yozing: nima, kim uchun va qaysi jihatdan.
- Slaydlar sonini chiqish vaqtiga moslang — ortiqcha slaydlar matnni suyultiradi.
- Muhim mavzularda o'z manba materialingizni yuboring (chat orqali yaratishda).
- Rasm kerak slaydlarga o'z rasmingizni, qolganiga
AUTO ni ishlating.
Botning umumiy imkoniyatlari haqida: SlidesGo.uz nima va u qanday ishlaydi?