SlidesGo balansini qanday to'ldirish mumkin
Balansni ikki joyda to'ldirasiz: botning o'zida Telegram Stars bilan yoki slidesgo.uz saytidagi Kabinetingizda — karta, Click / Payme yoki KGS bilan. Quyida Kabinetga kirish va har bir usul bosqichma-bosqich ko'rsatilgan.
Qaysi usulni tanlash kerak?
- Bank kartasi (Humo / Uzcard) — kartaga o'tkazasiz va chek rasmini yuklaysiz. Har bir summaga bonus beriladi.
- Click / Payme — to'lov sahifasida to'laysiz, chek kerak emas, balans o'zi to'ldiriladi. Bonus kartadagi bilan bir xil.
- KGS · QR — Qirg'izistondan: bank ilovasida QR orqali som bilan to'laysiz va skrinshotni yuklaysiz.
- ⭐ Telegram Stars — botning o'zida, saytga kirmasdan.
1-qadam. Kabinetga kiring
Botda 💰 Balans tugmasini bosing — xabar ostida ⭐ Stars va 👤 Kabinet tugmalari bor. Kabinet slidesgo.uz/app sahifasini ochadi. Uni to'g'ridan-to'g'ri ham ochishingiz mumkin: slidesgo.uz/app.
Birinchi marta Telegram orqali kirish tugmasini bosing. Bot ochiladi va
Tasdiqlash tugmasini ko'rsatadi — uni bosing, keyin Saytga qaytish tugmasi bilan saytga qayting. Parol yoki kod kerak emas, kirish 30 kun saqlanadi.

Kirgach, Kabinetning bosh sahifasi ochiladi: balansingiz, hujjatlaringiz soni va so'nggi to'lovlar. Balansni to'ldirish tugmasini bosing.

2-qadam. Usul va summani tanlang
Usullar doim bir xil tartibda: karta, Click / Payme, KGS. Keyin summani tanlang yoki o'zingiz yozing (kamida 2,000 so'm). Har bir tugmada bonus, pastda esa balansga qancha tushishi yozilgan.

Eng foydalisi — 10,000 so'm: balansga 15,000 so'm tushadi.
Karta orqali
- Nusxalash tugmasi bilan karta raqamini oling.
- Bank ilovangizda shu kartaga aynan tanlagan summani o'tkazing.
- Saytga qaytib, Chek rasmini tanlash ni bosing, o'tkazma skrinshotini tanlang va Yuborish ni bosing.

Chek odatda bir necha daqiqada tekshiriladi. Sahifa o'zi kutib turadi, pul tushganda Balansga qo'shildi chiqadi, botga ham xabar keladi. Sahifani yopib qo'ysangiz ham, balans baribir to'ldiriladi.

Click / Payme orqali
Summani tanlang va … so'm to'lash tugmasini bosing — Click / Payme to'lov sahifasi ochiladi. U yerda Click, Payme, Uzcard yoki Humo bilan to'laysiz. Chek kerak emas: to'lovdan keyin balans o'zi to'ldiriladi, saytga qaytsangiz natijani ko'rasiz.

KGS (Qirg'iziston somi) orqali
- Summani som bilan tanlang (kamida 25 som; 25 som = 3,000 so'm).
- Telefonda: Bank ilovasida ochish ni bosing — bank ilovasi to'lov oynasi bilan ochiladi. Yoki QR ni saqlash bilan QR ni saqlab, bank ilovasida skanerlang.
- Aynan tanlagan summani to'lang, keyin to'lov skrinshotini Chek rasmini tanlash orqali yuklang.

KGS to'lovlariga bonus berilmaydi: har bir som balansga belgilangan kurs bo'yicha qo'shiladi.
Telegram Stars orqali
Saytga kirish shart emas: botda 💰 Balans → ⭐ Stars ni bosing, paketni tanlang va Telegram ichida to'lang. Har bir paket tugmasida balansga qancha tushishi yozilgan.
Muammo bo'lsa
- To'lov tugallanmadi — Kabinetdagi to'ldirish sahifasida «Tugallanmagan to'lov» chiqadi, Davom etish bilan chekni keyin ham yuklashingiz mumkin.
- Barcha to'lovlaringiz va ularning holati Kabinetning Tarix bo'limida.
- Pul o'tkazdingiz, lekin balans uzoq vaqt to'lmadi — botda /contact orqali adminga yozing.
Narxlar botdagi /help buyrug'ida. To'lov shartlari: To'lov va qaytarish. Prezentatsiya yaratish qo'llanmasi: Telegramda prezentatsiya yaratish.